Chegirmaga bir martalik elektron kupon olish uchun oferta

1. “Kimberli-Klark” MCHJ (keyingi o‘rinlarda “Kompaniya”), bir tomondan va   
2. ushbu ofertani qabul qiluvchi (aksept bajaruvchi) jismoniy shaxs, boshqa tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchi,
3. Aksiyaning o‘tkazilish qoidalarida ko‘rsatilgan Kompaniyaning Kotex®, Huggies®, Kleenex®, Depend® tovar belgilari va boshqa tovar belgilari (boshqa mahsulotlar) ostidagi mahsulotni (keyingi o‘rinlarda “Mahsulot” yoki “Mahsulotlar”) xarid qilishda aksiyani o‘tkazishning ma’lum bir shartlari va miqdori asosida bir martalik chegirma olish huquqini beruvchi elektron kuponning Kompaniya (uning affillangan shaxslari) tomonidan taqdim etilishi va Iste’molchi tomonidan olinishi maqsadlarida,  
4. ushbu ofertaning to‘liq va qat’iy aksepti asosida mazkur shartnomani (keyingi o‘rinlarda “Shartnoma”) tuzdilar, ya’ni bunda Iste’molchi elektron kuponni olish uchun elektron platformadan (ma’lum qilingan veb-saytlar, Telegram messenjerlari va boshqalar) foydalanish maqsadini (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq) ifodalovchi harakatlarni bajarishi,aynan esa ro‘yxatdan o‘tishda Iste’molchi tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etilishi va “Oferta shartlari va aksiyani o‘tkazish qoidalarini qabul qilaman” katagida “galochka” ko‘rinishida belgi qo‘yish orqali harakatlarni bajarishi ko‘zda tutilgan.
5. Ushbu oferta aksepti bo‘yicha yuqorida 4-bandda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarib, Iste’molchi u tomonidan ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan ma’lumotlar uning shaxsiy ma’lumotlari ekanligini, u o‘n sakkiz yoshga to‘lganligini, shuningdek ish layoqatliligini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini yoki unda yashash uchun berilgan pasport mavjudligini tasdiqlaydi.  
6. Iste’molchi yuqoridagi 4-bandda keltirilgan harakatlarni bajarmasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi va elektron kupon taqdim etilmaydi.  
7. Ushbu Shartnomaning tuzilganligi Iste’molchi tomonidan Mahsulotning xarid qilinishini kafolatlamaydi (chunki bu Shartnomaning predmeti va maqsadi emas), shuningdek bunday majburiyatni ham yuklamaydi, faqatgina Iste’molchiga ushbu oferta (Shartnoma) bilan birga elektron platformada joylashtirilgan aksiyaning o‘tkazilish qoidalariga muvofiq Mahsulot xaridini amalga oshirish huquqini taqdim etadi. 
8. Shartnomani bajarish maqsadlari uchun, ushbu bilan, quyida 9-bandda ko‘rsatilganidek, Iste’molchi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashga, jumladan SHMAI algoritmi bilan shaxsiy ma’lumotlarga avtomatik ishlov berish va qaror qabul qilishga (keyingi o‘rinlarda “SHMAI”) o‘z roziligini beradi. Qaror qabul qilish tartibi quyidagicha: kiritilgan ma’lumotlar va axborotlarni yuqorida 5-bandda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq tekshirish. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti sifatida Iste’molchi SHMAI ga rozi bo‘lmasa, unda Iste’molchi ro‘yxatdan o‘tishda o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etmasligi va yuqoridagi 4-bandda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarmasligi lozim. 
9. Iste’molchining tasdig‘i va roziligi Men mazkur Rozilik xati bilan “MCCANN-GROUP TASHKENT”, “Aqqli texnologik yechimlar” MCHJ va “InfoBip” MCHJga (keyingi oʻrinlarda “Operatorlar - tashkilotchilar” deb nomlanadi) Kompaniya tomonidan ilgari surilgan "Huggies", "Kotex", "Kleenex”, “Depend” savdo belgilari ostidagi tovarlar (keyingi oʻrinlarda “tovarlar“) haqidagi axborotlarni istalgan yoʻl bilan, jumladan pochta, elektron pochta, sms, mms, telefon qoʻngʻiroqlari, messenjerlar va shu kabilar orqali menga taqdim etish maqsadida, Kompaniyaning reklama aksiyalari, tanlovlari va boshqa tadbirlar haqida istalgan yoʻl bilan, jumladan pochta, elektron pochta, sms, mms, telefon qoʻngʻiroqlari, messenjerlar va shu kabilar orqali meni xabardor qilish va mening ularda ishtirok etishim uchun imkoniyat yaratish, oʻtkazilgan tadbirlarni kuzatib borish va ular toʻgʻrisida hisobotlar tuzish maqsadida, shuningdek menga namunalar, sovgʻalar, tovarlar yuborish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishi uchun oʻz roziligimni beraman:
(1) ushbu va kelgusidagi aksiyalar, tadbirlar, soʻrovnomalar, axborot berish ishlari va boshqa har qanday tadbirlar doirasida Kompaniyaning, jumladan uning affillangan shaxslarining tizimi ichida, jumladan Kompaniya mahsulotlariga nisbatan axborot tizimlaridan foydalangan holda www.huggies.uz  saytida va/yoki  Telegram messenjerida Huggies Uzbekistan chat-botida men taqdim etgan va toʻldirgan mening shaxsiy maʼlumotlarimni yigʻish, qayta ishlash, tizimlashtirish, shaxssizlashtirish, toʻplash, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, foydalanish, tarqatish, yoʻq qilish va transchegaraviy uzatish; 
(2) meni pochta, elektron pochta, sms, mms, telefon qoʻngʻiroqlari, messenjerlar va shu kabilar orqali koʻrsatilgan Mahsulotlar bilan bogʻliq axborotlar bilan, shu jumladan yangi tovarlar, oʻramdagi oʻzgarishlar, aksiyalar, tanlovlar va tadbirlar haqidagi axborotlar bilan taʼminlash; 
(3) oʻtkazilgan reklama aksiyasi, tanlov yoki boshqa tadbirlar, ularni oʻtkazish jarayoni, shuningdek Mahsulotlar toʻgʻrisida fikrimni bilish uchun menga murojaat qilish; 
(4) mening shaxsiy maʼlumotlarimni xorijiy mamlakatlarga, jumladan axborot tizimlaridan foydalangan holda uzatish (transchegaraviy uzatish); 
(5) yuqorida bayon etilgan maqsadlar uchun mening shaxsiy maʼlumotlarimni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Kompaniyaning affillangan shaxslariga, uning pudratchilariga va subpudratchilariga va ularning shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash (shaxsiy ma’lumotlarning boshqa operatorlari) va reklama aksiyalarini, tanlovlarni va Kompaniya mahsulotlari bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi affillangan shaxslariga, shuningdek davlat organlariga, jumladan axborot tizimlaridan foydalangan holda maʼlum qilish. Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga (shaxsiy ma’lumotlarning boshqa operatorlari) berishda Iste’molchi ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan elektron pochta manziliga ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish haqidagi xabarni yuborish qonuniy sanaladi.
(6) Mazkur rozilik cheksiz muddatga beriladi. 
Men (Iste’molchi bo‘lishi ham mumkin) ushbu rozilikni Kompaniyaga (shaxsiy ma’lumotlar egasi va/yoki operatoriga) quyidagi manzil boʻyicha yozma murojaatnoma yuborish yoʻli bilan istalgan vaqtda toʻliq yoki qisman bekor qilishim (qaytarib olishim), shuningdek shaxsiy maʼlumotlarimni toʻldirishim yoki oʻzgartirishim mumkin: “Kimberli-Klark” MCHJ, 142800, Moskva viloyati, Stupino shahri, Sitenka koʻchasi, 15-egalik; STIR: 7709222373; ADROR: 1037739499270 yoki quyidagiga https://www.huggies.uz/uz-uz/contact-us. Ko‘rsatilgan murojaatnomada murojaat qiluvchi subyekt haqida maʼlumot beruvchi quyidagi shaxsiy maʼlumotlar boʻlishi kerak: familiyasi, ismi, otasining ismi; shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi va raqami; koʻrsatilgan hujjatning berilgan sanasi va uni bergan organ haqida maʼlumot; murojaat mavzusi, sana, imzo.  
10. Ushbu bilan men (Iste’molchi) ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy ma’lumotlarimni taqdim etish va “Oferta shartlari va aksiyani o‘tkazish qoidalarini qabul qilaman” katagida “galochka” ko‘rinishida belgi qo‘yish harakatlarini bajarish orqali ushbu ofertada hamda elektron platformada joylashtirilgan aksiyani o‘tkazish qoidalarida tavsiflangan barcha shartlarni to‘liq va qat’iy qabul qilaman.